Janubiy Koreya ishchilar uchun rekord darajada kvota ajratishni rejalashtirmoqda
Olam
−
28 iyun 2023 16015 1 daqiqa
Janubiy Koreya bu yil chet ellik malakali ishchilar uchun rekord miqdordagi vizalar berishni maqsad qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Bugun, 28 iyun kuni Janubiy Koreya Adliya vaziri kompaniyalarga kadrlar taqchilligini bartaraf etishda yordam berish maqsadida yillik kvotani 15 baravarga oshirib, 30 000 kishiga yetkazishini e’lon qildi.
Aytish joizki, janubiy koreyalik yoshlar “qora ishlar”da mehnat qilishni istamagani sababli Osiyoning to‘rtinchi yirik iqtisodiyotining sanoat va fermerlik tarmoqlari bo‘sh ish o‘rinlarini to‘ldirish uchun kurashmoqda.
Shu maqsadda, E-7-4 viza dasturi joriy etilganidan beri yillik kvotalar 2017 yildagi 300 tadan 2022 yilda 2000 tagacha ko‘tarilgan.
Bu yilgi o‘sish esa hozirgacha eng kattasi bo‘lib, u ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi sohalarida malakali ishchilarning surunkali tanqisligini bartaraf etishga yordam berishi kutilmoqda.
Vazirlikning ma’lum qilishicha, sanoat vakillarining so‘rovlariga javoban viza olish uchun ariza berish mezonlari ham yumshatiladi.
Live
Barchasi