Janubiy Koreya birinchi xonimidan poraxo‘rlik ayblovi olib tashlandi
Olam
−
04 Oktabr
4340Janubiy Koreyada prokurorlar Prezidentning turmush o‘rtog‘i, birinchi xonim Kim Keon Xiga 2022 yilda koreys millatiga mansub amerikalik pastor (ruhoniy) Choy Chje Yondan hashamatli, 2,2 ming dollarlik Dior sumkasini qabul qilgani uchun qo‘yilgan korrupsiya bilan bog‘liq ayblovni olib tashlashga qaror qildi. Bu haqda “The Korea Times” xabar berdi.
Choy Chje Yon Prezident rafiqasining halolligini sinab ko‘rishga qaror qildi. U sumka xarid qilish, chek olish va sovg‘ani taqdim etish jarayonini videotasvirga oladi. Birinchi xonim hayron bo‘lib, bunday qimmat narsalarni berishning hojati yo‘qligini aytdi, lekin sumkani olishdan bosh tortmadi. Video Prezident Yun Sok Yol uchun katta zarba bo‘ldi, uning norozilik reytingi 58 foizdan 63 foizga ko‘tarildi. Oqibatda aprel oyida uning “Xalq kuchi” partiyasi parlament saylovlarida mag‘lub bo‘ldi.
Mamlakatning korrupsiyaga qarshi qonunchiligida davlat amaldorlarining turmush o‘rtoqlarini jazolash qoidalari mavjud emas.
Prokuratura Choyga nisbatan pora berish ayblovlarini olib tashladi va uning Kim bilan muloqoti shunchaki shaxsiy muloqot bo‘lgan, degan xulosaga keldi. Go‘yoki Choy You Tube'da joylashgan “Voice of Seul” ommaviy axborot vositasi bilan til biriktirib, Kim bilan uchrashuvi va Yun inauguratsiyasidan taxminan to‘rt oy o‘tib, 2022 yil sentyabrida taxminan 3 million von (2206 dollar) bo‘lgan sumka sovg‘a qilinishini yashirincha suratga olish uchun til biriktirgan. OAV o‘tgan yilning noyabr oyida ushbu kadrlarni e’lon qildi.
Seul markaziy okrugi prokuraturasi 10 oylik tergovdan so‘ng, ayblovlarni olib tashladi va pastordan sovg‘a olish Kim xonimning rasmiy vazifalariga aloqador emasligini va pastor sovg‘a evaziga hech narsa undirib olmaganini qayd qildi.
Bundan tashqari, muxolifat bloki birinchi xonimga qo‘yilgan ayblovlarni tekshirish uchun maxsus maslahatchini yollash to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qilishni talab qilmoqda.
Biroq Prezidentning rafiqasiga hozirda aksiyalar narxini manipulyatsiya qilishda ishtirok etishi va aprel oyidagi saylovda nomzod ko‘rsatish jarayoniga aralashgani yuzasidan prokuratura va Korrupsiyaga qarshi kurash komissiyasi tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi