Janubiy Koreya barcha avtobuslarini bepul Wi-Fi bilan ta’minlagan birinchi mamlakat bo‘ldi
Olam
−
16 dekabr 2020
2899Janubiy Koreya butun shahar bo‘ylab avtobuslarida bepul simsiz Internet mavjud bo‘lgan dunyodagi birinchi mamlakat bo‘ldi.
Ta’kidlanishicha, mamlakatning barcha shahar avtobuslarini bepul Wi-Fi bilan jihozlash dasturi 2018 yilda boshlangan va joriy yilning 14 dekabrida yakunlangan.
Koreya Respublikasi Fan, texnologiyalar va telekommunikatsiyalar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, shahar yo‘nalishlarida jami 35 mingta avtobus qatnaydi. 29,1 mingta avtobusni uskunalar bilan ta’minlashni markaziy Hukumat, 5 ming 906 ta avtobusni esa mahalliy hokimiyat o‘z zimmasiga olgan.
Hozirga qadar har oyda har bir avtobusda o‘rtacha 1 ming 228 kishi Wi-Fi'dan foydalangan, ma’lumotlar almashinuvi hajmi har bir avtobusda oyiga 55,3 gigabaytni tashkil etgan.
Vazirlik xodimining so‘zlariga ko‘ra, kelgusi uch yil ichida avtobuslarda bepul Internetdan foydalanishning ijobiy iqtisodiy samarasi taxminan 220 milliard von (taxminan 200 million dollar) ni tashkil qilishi kutilmoqda.
LiveBarchasi