Janubiy Amerikaning yana ikkita davlati koronavirusni qarshi oldi

Salomatlik

image

Kolumbiya Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda ilk koronavirusga chalinish holatini tasdiqladi. Unga Italiyadan kasallanib kelgan 19 yashar shaxs chalingani ma’lum bo‘lgan.

“Italiyaning Milan shahridan kelgan qiz kasallik alomatlarini payqagan va tashxis topshirish uchun shifokorlarga murojaat qilgan. Salomatlik milliy instituti qizda koronavirus borligini tasdiqladi”, deyiladi vazirlikning Twitter’dagi sahifasida.

Shuningdek, Kosta-Rika Sog‘liqni saqlash vaziri Daniel Salasning ma’lum qilishicha, mamlakatga 1 mart kuni turmush o‘rtog‘i bilan Nyu-Yorkdan uchib kelgan ayolda koronavirus aniqlanganini ma’lum qilgan. 

"Kosta-Rikada koronavirusning ilk holati kuzatildi. Gap 49 yoshli AQSHlik ayol haqida bormoqda", dedi Salas matbuot anjumanida.

Juftlik mamlakatning Puntarenas  provinsiyasiga uchib kelgan. Ular hozir San-Xose shahridagi mehmonxonada izolyatsiyaga olingan.

Bugungacha Janubiy Amerikaning Ekvador, Argentina, Chili, Peru va Braziliya kabi davlatlariga koronavirus kirib borishga ulgurdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jahonda koronavirusga chalinganlar soni 100 000 dan oshdi. 57 334 bemor shifo topgan.

Koronavirus eng ko‘p tarqalgan davlatlar: Xitoy (80651 bemor – 3070 nafar vafot etgan), Janubiy Koreya (6767 – 44), Eron (4747 – 124), Italiya (4636 – 167), Yaponiya (1000 – 6), Germaniya (670 – 0), Fransiya (613 – 9), Ispaniya (402 – 7), AQSH (327 – 16).


Maqola muallifi

Teglar

Kolumbiya Kosta-Rika

Baholaganlar

122

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing