Janozadan qaytayotgan 26 kishi YTHda halok bo‘ldi
Olam
−
09 avgust 28359 1 daqiqa
Keniya g‘arbida avtobus ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida 26 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Yo‘l harakati politsiyasi vakili Piter Maynaga tayanib, “Daily Nation” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, hodisa kunduzi Kisumu shahri yaqinida sodir bo‘lgan. Piter Maynaning ma’lum qilishicha, marhumni dafn etish marosimidan qaytayotgan avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘lakka chiqib ketgan va avtobus ag‘darilgan.
Qayd etilishicha, qurbonlar orasida sakkiz oylik chaqaloq ham bor. Jarohatlanganlarning barchasi shifoxonaga yetkazilgan.
Bildirilishicha, holat yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda. Mahalliy OAVga ko‘ra, avtobus tez-tez avariyalar sodir bo‘ladigan yo‘l qismida ag‘darilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tanzaniyaning shimolidagi Moshi hududida ikki avtobusning to‘qnashuvi oqibatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 38 kishi halok bo‘lgandi. Vafot etganlar orasida to‘yga ketayotgan butun bir oila ham bo‘lgan.
Live
Barchasi