Jangarilar safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklar qo‘lga olindi
3-sahifa
−
18 Oktabr 2023
18510Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida yashovchi 3 nafar fuqaroning Suriyadagi jangarilar safiga borib qo‘shilishining oldi olindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ular hozirda jangarilar safida bo‘lgan “Abu Saloh”, “Abu Valid” va “Ayub” laqabli shaxslarning terroristik guruhlarga qo‘shilishga chorlovchi da’vatlari ta’siriga tushib qolgan.
“Jumladan, fuqaro A.O‘. Telegram messenjerida “Abu Valid” bilan aloqada bo‘lib, uning ko‘rsatmasi bilan turli virtual kanal va guruhlar ochgan hamda targ‘ibot ishlarini olib borgan”, deyiladi xabarda.
DXX Matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur shaxslar boshqalarning e’tiborini tortmaslik uchun xorijda migrantlarni ish bilan ta’minlovchi xususiy bandlik firmasi orqali Turkiyaga borib, so‘ngra Suriyaga o‘tmoqchi bo‘lgan.
Hozirda mazkur 3 nafar fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi