Jangarilar safiga qo‘shilishga uringan shaxs Andijonda qo‘lga olindi
3-sahifa
−
29 iyul 2023
8735Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan Andijon viloyatida yashovchi shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat Xavfsizlik xizmati matbuot xizmati xabar berdi.
Aytilishicha, Andijon viloyatida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan I.U. 2021-2022 yillarda Turkiyaning Istanbul shahrida ishlagan davrida Suriyadagi terroristik tashkilot yollovchilarining ta’siriga tushib, ularning safiga borib qo‘shilishni reja qilgan.
Shu maqsadda I.U. bir necha bor Suriyaga o‘tishga uringan, lekin, Turkiya chegarachilari bunga imkon bermagan. Navbatdagi urinish vaqtida esa u harbiylar tomonidan qo‘lga olinib, O‘zbekistonga deportatsiya qilingan.
DXXga ko‘ra, mazkur shaxs doimiy yashash manziliga qaytib kelganidan keyin ham ijtimoiy tarmoqlar orqali terroristik tashkilot a’zolari bilan aloqada bo‘lgan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha Boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida I.U.ning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yilgan va unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudining hukmiga ko‘ra, I.U. Jinoyat Kodeksining 1552 va 2442- moddalari bilan aybdor deb topilib, 8 yilu 1 oy muddatga ozodlikdan maxrum etilgan.