Jang bir raunddan ortiq davom etmaydi – Lopes 

Sport

image

Ertaga, 28 noyabr kuni professional boksning yengil vazn toifasida WBC, WBA Super, WBO, IBF va The Ring yo‘nalishlari bo‘yicha mutlaq Jahon chempioni Teofimo Lopes (16-0) AQSHning Nyu-York shahridagi “Xulu” teatrida avstraliyalik Jorj Kambosos (19-0, 10 KO) bilan bo‘ladigan jang haqida fikr bildirdi.

“Jang bir raunddan ortiq davom etishiga shubham bor. Men 16 unsiyali qo‘lqop bilan sparring sheriklarimni “yanchib tashladim”. Ortiqcha kuch sarflashim ham shart emas, chunki sport zalida juda qattiq mashg‘ulot o‘tkazdim. Kombososni esa umuman yoqtirmayman.

Shuningdek Lopes ushbu jangda raqibini chuqur nokautga tushirishga harakat qilishini aytdi:

“Umid qilamanki, men uni Meyson Menard bilan jangdagidan ko‘ra chuqurroq nokautga uchrataman. Men buni juda xohlayman. U ringga chiqa oladimi? Meni xavotirga solayotgan yagona narsa shu. Albatta, Kombosos ham o‘zining rejasi bilan jang qiladi, lekin zarba qabul qilishni boshlagach, barchasini unutadi ”, deydi Lopes.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning 8 dekabr kuni Lopes amerikalik Meyson Menardni 44 soniyada chuqur nokaut holatiga tushirgan edi. So‘nggi jangida esa ukrainalik Vasiliy Lomachenkoni yengib, mutlaq Jahon chempioniga aylangan.
 


Maqola muallifi

Teglar

WBC IBF Prof boks Lopes WBA Super WBO Kombosos

Baholaganlar

23

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing