Jamshid Xo‘jayev Ozarbayjon Prezidenti qabulida bo‘ldi
Jamiyat
−
23 Sentabr
3446Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bugun, 23 sentyabr kuni O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayevni qabul qildi. Bu haqda Ozarbayjon Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Jamshid Xo‘jayev Ozarbayjon O‘zbekiston uchun muhim davlatlar qatorida munosib o‘rin tutishini, Ozarbayjon ham mintaqaviy, ham jahon miqyosida katta ta’sirga ega ekanini ta’kidlagan. Prezident Ilhom Aliyev qarorlari tufayli ozod etilgan Ozarbayjon hududlarida, jumladan, tarixiy Shusha va Xonkendi shaharlarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli rekonstruksiya va tiklash ishlari O‘zbekiston tomonidan diqqat bilan kuzatilayotganini ma’lum qilgan.
Xabarga ko‘ra, Ozarbayjon Prezidenti O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida ikki mamlakat ishbilarmonlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvga to‘xtalib, investitsiya loyihalari ustida faol ish olib borish muhimligini ta’kidlagan. Shu munosabat bilan Ilhom Aliyev ikki davlat o‘rtasida tashkil etilgan qo‘shma investitsiya fondi aniq loyihalarga o‘zlashtirilganini qayd etgan. Shuningdek, Jamshid Xo‘jayev mamlakat rahbarini 20 sentyabr – Ozarbayjon Davlat suvereniteti kuni bilan tabriklagan.
Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarning istiqbolli yo‘nalishlari ham muhokama qilingan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev O‘zbekistonga tashrif chog‘ida mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzolab, Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisi qarorini qabul qilgan edi.
LiveBarchasi