Jamshid Qo‘chqorovga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri (Jamshid Qo‘chqorov) ning birinchi o‘rinbosari lavozimiga Erkin Rustamov tayinlandi.

Bunga qadar u Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, bank-moliya tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kotibiyati mudirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Avvalroq Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ishlab kelayotgan Saidqahhor Muhammadkarim o‘g‘li Xolxo‘jayev Chilonzor tumani hokimi bo‘lgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov

Baholaganlar

278

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing