Jamshid Qo‘chqorovga to‘rtta yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan Iqtisodiyot va sanoat vazirligi negizida tashkil etilgan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi rahbariyatida qator tayinlovlar amalga oshirildi.

Akmalxon Jo‘raxonovich Ortiqov O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Akmalxon Ortiqov 1980 yilda tug‘ilgan, Toshkent davlat iqtisodiyot institutini tamomlagan. 2001 yildan 2013 yilgacha moliya vazirligi tarkibida turli lavozimlarda ishlagan. 2013-2015 yillarda Namangan viloyati moliya boshqarmasiga, 2015-2017 yillarda Farg‘ona viloyatlariga rahbarlik qilgan.

2017 yillarda Namangan viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 2017-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining demografiya, ijtimoiy sohani rivojlantirish va aholini turmush darajasini oshirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari.

2018-2019 yilgacha Farg‘ona viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Tayinlovga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyatining mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

* * *

Olimxon Bakiyevich Rustamov O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Olimxon Rustamov 1966 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 2005-2014 yillarda hisob palatasining bosh inspektori, 2014-2016 yillarda Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktorining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 2016 -2017 yilgacha “O‘zbekneftgaz” ning iqtisodiyot va moliya bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan.

2017 -2019 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetiga tushumlar to‘liqligini nazorat qilish inspeksiyasiga rahbarlik qilgan. Tayinlovga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimini egallagan.

* * *

Adiz Muzafarovich Boboyev O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Adiz Boboyev 1972 yilda Buxoro viloyati, Vobkent tumanida tug’ilgan. Ma’lumoti oliy, 1993 yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetinin tamomlagan.

1993-1996 yillarda Buxoro viloyati Moliya boshqarmasining monopoliyaga qarshi kurash va narx siyosati bo‘limi 1-toifali iqtisodchi, yetakchi iqtisodchi 1996-1996 yillardaBuxoro shahri hokimligi Moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari

1996-2002 yy Buxoro viloyati moliya boshqarmasida bir nechta bo‘limlarda rahbarlik etgan. 

2002- 2007 yillarda Buxoro viloyati hokimiyati moliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – jamlanma byudjet bo‘limi boshlig‘i va boshqarmasi boshlig‘i 1-o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

2008-2019 yillarda Moliya vazirligida turli darajadagi rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan. Tayinlovga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat rivojlantirish dasturlarini moliyaviy ta’minlash Departamenti direktori lavozimida ishlagan.

* * *

Bobur Kalandarovich Abdinazarov O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Bobur Abdinazarov 1983 yilda Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida tug’ilgan, ma’lumoti oliy. 2003 yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Shuningdek, Yaponiya Xalqaro universitetida tahsil olgan.

O‘z faoliyatini 2005 yilda Rishton tumani “Rishton teks” OAJ bosh hisobchi yordamchisi, direktor o‘rinbosari sifatida boshlagan. 

2007-2019 yillarda Moliya vazirligida turli darajadagi rahbarlik lavozimlarida ishlab kelgan. Tayinlovga qadar, Moliya vazirligi Tarif siyosati va davlat korxonalarini isloh qilish departamenti direktori lavozimida ishlagan.

Ma’lumot uchun, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga (avvalgi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi) Jamshid Qo‘chqorov rahbarlik qiladi.

Avvalroq, Ilhom Norqulov Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziriga birinchi o‘rinbosar etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov

Baholaganlar

116

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing