Jamshid Qo‘chqorov “eng yaxshi Moliya vaziri” deb topildi
Jamiyat
−
20 Oktabr 2019
9842O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov “2019 yilning eng yaxshi Moliya vaziri” deb topildi.
Buyuk Britaniyaning nufuzli “Global Market” nashri (“Euromoney Institutional Investor”ning qismi) O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovni “Markaziy va Sharqiy Yevropa mintaqasi bo‘yicha (shu jumladan MDHda) “2019 yilning eng yaxshi Moliya vaziri” deb e’tirof etdi.
Ushbu nashr tahririyati O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini liberallashtirishda, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakat iqtisodiy hayotida amalga oshirilayotgan islohotlarni, xususan: valyuta bozorini liberallashtirish, soliq sohasidagi islohotlar, savdo cheklovlarini yengillashtirish va davlat suveren obligatsiyalarning emissiyasini samarali o‘tkazishda erishilgan katta yutuqlarni yuqori baholadi.
LiveBarchasi