Jamshid Qo‘chqorov: “Eksportimiz qariyb 11 foizga, importimiz 10 foizga kamaydi”

Jamiyat

image

Joriy yilning birinchi choragida O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi 4,1-4,4 foiz atrofida bo‘lishi kutilyapti. Bu haqa Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov Markaziy banki Boshqaruvining asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha navbatdan tashqari yig‘ilishi yakunlari va unda qabul qilingan qaror yuzasidan o‘tkazilayotgan onlayn brifingda ma’lum qildi. 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov koronavirus tufayli butun dunyoda yuzaga kelayotgan iqtisodiy inqirozlar O‘zbekistonga ham o‘z ta’sirini bevosita va bilvosita ko‘rsata boshlaganini ma’lum qildi.

“Birinchi chorak bo‘yicha yalpi ichki mahsulot 4,1-4,4 foiz atrofida o‘sishi kutilmoqda. O‘tgan yili 1-chorakda YAIM 5,3 foizga o‘sgandi. Sanoatda o‘sish sur’atlari 4 foizni tashkil qildi. Eksportimiz qariyb 11 foizga qisqardi, importimiz 10 foizga kamaydi. Ikkinchi chorak biz uchun o‘ta murakkab bo‘lishi kutilyapti. Chunki butun dunyoda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham karantin bilan bog‘liq cheklovlar aprel oyiga to‘g‘ri kelyapti va may oyida ham davom etishi ehtimoli katta”, dedi Jamshid Qo‘chqorov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurash uchun Inqiroz jamg‘armasi tuzilgan va unga 10 trln so‘m mablag‘ ajratilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Jamshid Qo'chqorov

Baholaganlar

42

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing