Jamol Qoshiqchining vafoti bo‘yicha sud boshlandi
Olam
−
03 iyul 2020
95042018 yilning 2 oktyabr kuni Turkiyaning Istanbul shahridagi Saudiya Arabistoni Bosh konsulligiga fuqarolik masalasini hal qilish uchun borgan xalqaro jurnalist Jamol Qoshiqchi binoga kirgancha, qaytib chiqmagan edi. Mazkur voqea butun dunyoni jumbushga keltirdi. Oradan bir yilga yaqin vaqt o‘tib, Qoshiqchi konsulik binosidi o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi. Holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
O‘tgan yilning dekabr oyida Saudiya Arabistonida ushbu ish bo‘yicha besh sudlanuvchi o‘limga hukm qilingan, yana uch kishiga jami 24 yillik qamoq jazosi tayinlangan edi. Ushbu ishda jami 11 kishi jalb etilgan. 25 mart kuni Istanbul prokuraturasi Qoshiqchini o‘ldirishda gumon qilingan 18 kishiga qarshi da’vo arizasini tayyorladi. Unda ularga umrbod qamoq jazosi talab qilingan.
Bugun, 3 iyul kuni Istanbulda 20 nafar gumondor ustidan sud ishi boshlandi. Sud majlisida marhum jurnalistning qallig‘i Hadicha Chengiz va uning advokati ishtirok etdi. Unda Hadicha Chengiz ham guvohlik berdi.
U konsullikka kirdi va qaytib chiqmadi
2018 yilning 2 oktyabr kuni. Jamol Qoshiqchi turkiyalik Hadicha Chengiz bilan oila qurishga qaror qildi. Turkiya qonunchiligiga ko‘ra, u bo‘ydoq ekanini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi kerak edi. U AQSHda istiqomat qilgani uchun Saudiya Arabistonining AQSHdagi elchixonasiga murojaat qiladi. Nikoh Istanbulda rasmiylashtirilishi kerak bo‘lgani uchun AQSHdagi elchixona uni Istanbuldagi konsullikka yo‘naltiradi. Jamol Qoshiqchi sentyabr oyining oxirlarida Istanbulga keladi. 28 iyun kuni u Istanbulning Fotih tumani ma’muriyatiga boradi. Bu yerda ham undan o‘zining bo‘ydoqligini tasdiqlovchi hujjat talab etiladi. Shu bois u 2018 yilning 1 oktyabr kuni Istanbul shahrida joylashgan Saudiya Arabistoni bosh konsulligiga yo‘l oladi. U qallig‘idan tashqarida kutishini so‘raydi va ichkariga kiradi. Qoshiqchiga u so‘ragan hujjat ertaga tayyor bo‘lishini aytishadi.
Ertasi kuni, 2 oktyabrda Jamol Qoshiqchiga konsullikdan qo‘ng‘iroq qilishadi va u istagan hujjat tayyor bo‘lgani aytiladi. Qoshiqchi kelishilgan holda ertasi kuni soat 13:15 da qallig‘i Hadicha Chengiz bilan konsulikka keladi. Hadicha Chengiz uni tashqarida kutib taradi. Jurnalist esa qo‘l telefonini kirishdagi qorovulga qoldirishni va undagi ma’lumotlar boshqalar qo‘liga yetib borishini istamay, uni bo‘lajak turmush o‘rtog‘iga beradi.
Jamol Qoshiqchi ichkariga kirgach, Hadicha Chengiz uni sal kam ikki soat kutadi. Soat 15:30 da u qorovulning yoniga borib, bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Jamol Qoshiqchining ichkariga kirib ketgani, ikki soatdan buyon undan xabar yo‘qligi va xavotir olayotganini aytadi. Qorovul esa ichkaridagi holatdan bexabarligini ma’lum qiladi.
Hadicha Chengiz esa Jamol Qoshiqchining yaqin do‘sti professor Yasin Aktayga qo‘ng‘iroq qilib, bor gapni aytadi. Ayol bir yarim soat davomida Saudiya Arabistoni konsulligiga qo‘ng‘iroq qiladi. Qayta-qayta urinishlardan keyin, konsullik mas’ullari Jamol Qoshiqchining orqa eshikdan chiqib ketganini aytadi. Hadicha bunga ishonmaydi va kutishda davom etadi.
Keyinroq mahalliy politsiya va prokuraturaning aralashuvi bilan voqeaning asl haqiqatlari yuzaga chiqdi.
Shu kuni saharda Istanbulga Saudiya Arabistonidan xususiy samolyot kelib qo‘nadi. Uning ichida esa 15 kishilik delegatsiya bo‘lgan. Samolyot shu kunning o‘zida soat 18:30 da yana Istanbuldan yo‘lga chiqadi. Konsullikdan chiqqan “mehmon”larning qo‘lida esa jamadonlar bo‘lgan. Hali isbotlanmagan dalillarga ko‘ra, Qoshiqchi konsullikda o‘ldirilgan va uning jasadi bo‘laklarga bo‘linib, jamadonlarda olib chiqib ketilgan.
Sud davom etmoqda.
LiveBarchasi