Jamoatchilik tanqidi: O‘zbekistonda eng korrupsiyalashgan OTMlar qaysilar?
Jamiyat
−
18 yanvar 2020
12766Mamlakatda eng korrupsiyalashgan OTMlar qaysilar ekanligi Bosh prokuratura boshchiligidagi yig‘ilishda ma’lum qilingan.
18 yanvar kuni Bosh prokuraturada Bosh prokuror N.Yo‘ldoshev raisligida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika Idoralararo komissiyasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Sohada korrupsiyaning oldini olish va unga chek qo‘yish borasidagi choralar yetarli samara bermayotganligini keng jamoatchilik fikri tasdiqlamoqda.
2018 yilda “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik Markazi o‘tkazgan so‘rovda ishtirok etganlarning 29 foizi oliy ta’lim tizimida korrupsiya keng tarqalgan degan fikrni bildirgan bo‘lsa, 2019 yilda bu salbiy ko‘rsatkich 35 foizni tashkil etgan.
O‘tgan yilning avgust oyida Internet orqali o‘tkazilgan so‘rovda Yuridik, Iqtisodiyot, Milliy, Axborot texnologiyalari universitetlari hamda Tibbiyot akademiyasi korrupsiya eng ko‘p tarqalgan oliy o‘quv yurtlari sifatida ko‘rsatilgan.
Sarvar Anvar o‘g‘li