Jambil fojiasi: To‘qayev motam e’lon qildi
Olam
−
28 avgust 2021
16384Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev ertaga, 29 avgustni milliy motam kuni deb e’lon qildi. Bu haqda To‘qayev bugun, 28 avgust kuni o‘zining Twitter'dagi sahifasida ma’lum qildi.
“Jambil viloyatining Bayzak tumanidagi harbiy qismda bo‘lgan fojiali voqea munosabati bilan 29 avgustni motam kuni deb e’lon qilaman. Halok bo‘lgan harbiylar va qutqaruvchilar haqiqiy qahramonlik va fidokorlik ko‘rsatishdi. Ular xalqning xotirasida abadiy qoladi”, deb yozadi Prezident.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 26 avgust kuni Qozog‘istonning Jambil viloyati Bayzoq tumanida joylashgan harbiy qismda portlash sodir bo‘lgan edi. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 5 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgan.
Qayd etish joizki, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 27 avgust kuni To‘qayev bilan telefondagi suxbati orqali ro‘y bergan fojiali voqea oqibatida insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan samimiy hamdardlik bildirdi. O‘zbekiston Qozog‘istonga favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etishda zarur ko‘mak ko‘rsatishga tayyor ekani ta’kidlandi.
LiveBarchasi