Jalolov raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi
Sport
−
18 noyabr 2023
16874O‘zbekistonlik og‘ir vaznli bokschi Bahodir Jalolov o‘zining navbatdagi professional jangini o‘tkazdi. Bugun, 17 noyabr kuni Toshkent shahridagi “Humo arena”da tashkil etilgan boks oqshomida u JAR vakili Kris Tompsonga qarshi ringga chiqdi.
10 raundga mo‘ljallangan jang 1-raunddayoq o‘zbekistonlik bokschining nokautli g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu tariqa Jalolov profboksdagi 14-jangini ham muddatidan oldin nihoyasiga yetkazdi.
Biroq, kechaning Bahodirdan ko‘ra asosiyroq bo‘lgan tomoni, nufuzli figuraci – Mayk Tayson mazkur jang tafsilotlarini onlayn tarzda bilib olishni ma’qul ko‘rgan holda arenani erta tark etdi.
Ma’lumot uchun, Bahodir Jalolov bunga qadar professional faoliyati davomida 13 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning barchasida raqiblarini mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘lgan. Kris Tompson shu vaqtgacha 18 bor ringga ko‘tarilgan va 12 ta g‘alabaga erishgan. U 5 ta jangida raqiblariga imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa, 1 ta durang natija qayd etgan.
Jalolov joriy yilning 23 sentyabr - 8 oktyabr kunlari Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilgan XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida barcha raqiblarini mag‘lub etgan holda oltin medaliga ega chiqqandi.
Eslatib o‘tamiz, bunga qadar -57,1 kg vazn toifasida ukrainalik Aleksandr Yegorovga qarshi ringga ko‘tarilgan Abdumalik Xalokov ham texnik nokaut evaziga g‘olib bo‘ldi.
Undan so‘ng esa Tanzaniya vakili Maono Alliga qarshi ringga ko‘tarilgan Qudratillo Abduqahhorov ham muddatidan oldin g‘alaba qozondi.
Shuningdek, Mirazizbek Mirzahalilov xitoylik Runki Jou bilan kuch sinashib to‘liq, 8 raundlik jangni o‘z foydasiga hal qildi.
Mirzahalilovdan keyin xitoylik Yangcheng Jinga qarshi ringga ko‘tarilgan Mujibillo Tursunov ham to‘liq 8 raund jang o‘tkazdi va 80:72, 80:72, 80:72 hisobi bilan Tursunov o‘ziga tegishli WBC Central Asia kamarini himoya qildi.
LiveBarchasi