Jaloliddin Masharipov operatsiya qilindi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yetakchisi, Eronning “Istiqlol” klubi futbolchisi Jaloliddin Masharipov jarohati sababli jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. 

“Jaloliddin Masharipov jarohatdan so‘ng davolanish uchun chet elga yuborildi va operatsiya qilindi. Masharipovga sog‘lik va maydonga ajoyib qaytishni tilab qolamiz”, deyiladi fors klubi rasmiy bayonotida.

Ma’lumot uchun, Jaloliddin Masharipov terma jamoa safida oxirgi martta 2025 yilning 10 iyun kuni Qatar bilan bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati saralashining so‘ngi uchrashuvida maydonga tushgan edi. Shundan so‘ng Masharipov terma jamoa bilan CAFA Nations Cup turniri va kuzgi xalqaro tanaffus paytidagi terma jamoa yig‘inlarini o‘tkazib yuborgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi, Turkiyaning “Rizespor” klubi a’zosi Husniddin Aliqulovning “Gyoztepe” bilan o‘yinda olgan jarohati jiddiy bo‘lib chiqqanligi va operatsiya qilinishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

jarohat operatsiya Jaloliddin Masharipov “Istiqlol”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing