Jak Shirak 86 yoshida vafot etdi

Olam

image

Fransiyaning sobiq Prezidenti, taniqli davlat va siyosat arbobi Jak Shirak 86 yoshida vafot etdi. Bu haqda Fransiya rasmiy matbuoti xabar bermoqda. 

U umrining so‘nggida qadar podagradan aziyat chekkani aytilmoqda. Sobiq Prezident 2005 yilda insultni, 2013 yildan buyrak operatsiyasini boshdan kechirgan.

Jak Shirak 1932 yilda yilda tug‘ilgan. 

U Prezident bo‘lgunga qadar 3 marta Parij shahri meri lavozimiga saylangan. Ikki muddat mamlakat Bosh vaziri bo‘lgan. 1995 yildan 2007 yilgacha Prezident lavozimida ishlagan. 

Jak Shirak 12 yillik Prezidentlikdan so‘ng 2011 yilga kelib, byudjet mablag‘larini o‘zlashtirishda ayblangan. Salomatligi yaxshi bo‘lmagani uchun sud majlislarida sirtdan ishtirok etgan. Sud unga 2 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosini qo‘llagan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Jak Shirak

Baholaganlar

152

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing