Jafarov jahon chempioni bilan jang qiladi
Sport
−
07 dekabr 2023 6090 1 daqiqa
O‘zbekistonlik bokschi Saidjamshid Jafarov navbatdagi jangini BAAda Osiyo o‘yinlari va jahon chempioni yaponiyalik Quinse Okazavaga qarshi o‘tkazadi.
Joriy yilning 8-10 dekabr kunlari Dubay shahrida, IBA ning 4-global forumi bo‘lib o‘tadi. Forum doirasida esa, 9 dekabr kuni dunyoning eng kuchli bokschilari o‘rtasida "IBA chempionlar kechasi" tashkil etiladi.
Turnir doirasida -71 kg vaznda O‘zbekiston vakili Saidjamshid Jafarov ham ringga ko‘tariladi.
Ma’lumot uchun, Jafarov shu yil Toshkent mezbonlik qilgan Jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgandi. U profboksda Rossiyaning “Premier Boxing Academy” promouterlik kompaniyasi bilan shartnomaga ega.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025