Jahongir Ortiqxo‘jayevga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 21 fevral kuni Toshkent shahar hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari Sherzod Qudbiyev, Rustam Qosimov hamda O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda poytaxt hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda Prezident maslahatchisi Sherzod Qudbiyev Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari - Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan Dada-Ali Nig‘matovich Zufarovni yig‘ilish ishtirokchilariga tanishtirdi. Shuningdek boshkarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari lavozimlariga tayinlanganlar to‘g‘risida ham axborot berildi.

Dada-Ali Zufarov 1975 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2001 yilda Toshkent arxitektura qurilish instituti, 2006 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. 2001 yildan shu vaqtga qadar huquq-tartibot idoralarida faoliyat olib borgan, 2018 yildan shu kunga qadar - Olmazor tumani prokurori.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent tayinlov Dada-Ali Zufarov

Baholaganlar

210

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing