Jahongir Ortiqxo‘jayev “Paxtakor”dan ketdimi?
Sport
−
17 yanvar
16929Toshkentning “Paxtakor” jamoasi klub boshqaruvidagi o‘zgarishlar haqidagi xabarlar bo‘yicha bayonot berdi.
Unga ko‘ra, klub boshqaruv tizimida hech qanday o‘zgarish bo‘lmagan.
Juda ko‘plab ijtimoiy tarmoqlarda “Paxtakor” futbol klubi rahbariyatida o‘zgarish bo‘lgani to‘g‘risida xabarlar tarqatildi.
“Paxtakor” futbol klubi shuni ma’lum qiladiki, klubimiz boshqaruvida o‘zgarish sodir bo‘lmadi va Jahongir Ortiqxo‘jayev klub raisi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda", deyiladi manba xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Paxtakor futbol klubi” ma’suliyati cheklangan jamiyatining 100 foiz davlat ulushi savdoga chiqarilgani xabar qilingandi.
Klubni sotib oluvchi xaridor keyinchalik quyidagi talablarga rioya qilishi kerak bo‘ladi:
- futbol klubining faoliyatini saqlab qolish, rivojlantirish va xalqaro darajaga olib chiqish;
- futbol klubi balansidagi barcha sport ob’ektlaridan, shu jumladan, futbol maydonidan faqatgina sport faoliyati yo‘nalishlarida foydalanish;
- “Paxtakor” futbol klubi akademiyasi faoliyatini saqlab qolish va rivojlantirish.