Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti barchani darhol emlanishga chaqirdi

Salomatlik

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) virus va mavsumiy grippdan himoyalanmagan barchani, ayniqsa, xavf guruhidagi odamlarni zudlik bilan emlanishga chaqirdi. Bu COVID-19 tahdidi tufayli yuzaga kelmoqda, deb xabar bermoqda tashkilot matbuot xizmati.

"COVID-19 va mavsumiy grippdan himoyalanmagan odamlar, ayniqsa, eng zaif va xavf ostida bo‘lganlar, emlash bo‘yicha har qanday taklifni qabul qilishlari kerak", deb ta’kidlangan xabarda.

Tashkilotning qo‘shimcha qilishicha, emlash har doim dolzarb bo‘lib qoladi. U virusli infeksiyalarning oldini olish va oqibatlarini kamaytirish uchun kasallanishning eng yuqori mavsumlarida zarur tibbiy amaliyot hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, fiziologiya yoki tibbiyot bo‘yicha 2023 yilgi Nobel mukofotini vengriyalik Katalin Kariko va amerikalik Dryu Vaysman oldi. Ular COVID-19 ga qarshi samarali mRNK vaksinalarini yaratishga olib kelgan kashfiyotlari uchun mukofotni qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

JSST virus COVID-19

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing