Jahon kubogida o‘zbekistonlik shaxmatchilarning bugungi natijasi qanday?

Sport

image

Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida shaxmat bo‘yicha Jahon kubogi davom etmoqda. Bugun, 4 avgust kuni musobaqaning 2-bosqich tay-brek bahslari o‘tkazildi. Unda ikki nafar o‘zbekistonlik shaxmatchi – Javohir Sindorov va Nodirbek Yoqubboyevlar ishtirok etdi. 

Javohir Sindorov avstriyalik Markus Raggerni 1:0-2:1 ko‘rinishidagi natijalar bilan mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, Nodirbek Yoqubboyev Vengriya vakiliga 1:1-1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Endi Sindorov ertaga, 3-bosqichda fransiyalik Maksim Vashe-Lagravga qarshi dona suradi. Yoqubboyev esa turnirdagi ishtirokini shu yerda yakunladi.

Ma’lumot uchun, mukofot jamg‘armasi 2,5 million AQSH dollaridan ziyod bo‘lgan mazkur nufuzli musobaqa 24 avgustga qadar davom etadi. Jahon kubogida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan shaxmatchi 111 ming, 2-o‘rin sohibi 80 ming, 3-o‘rindan joy olganlar 50 ming dollar bilan taqdirlanadi. Shuningdek, musobaqada uchta sovrinli o‘rinni egallaganlar 2024 yili shaxmat toji uchun kurashadiganlar qatoriga kiritiladi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 3 avgust kuni Nodirbek Abdusattorov Jahon kubogining 1/64 finali bahslari doirasida reytingda o‘zidan 60 pog‘ona pastda bo‘lgan turkiyalik raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi. Partiya o‘rtasida pozitsion ustunlikka ega bo‘lgan Nodirbek noaniq yurishlar qilishni boshlab, 35-yurishda o‘ta qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi va bu xatosi raqibga to‘liq ustunlik berdi. Vahob Sanal bu ustunlikni saqlab qolgan holda 44-yurishdan so‘ng Nodirbekni taslim qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Jahon kubogi shaxmat Javohir Sindorov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing