Nodirbek Abdusattorovning Jahon kubogidagi o‘yinida sensatsiya yuz berdi
Sport
−
03 avgust 2023
13428Bugun, 3 avgust kuni Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida shaxmat bo‘yicha Jahon kubogining 1/64 final bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston nomidan qatnashgan Nodirbek Abdusattorov turkiyalik Vexap Sanalga qarshi dona surdi. Oq donalarda o‘ynagan Abdusattorov reytingda o‘zidan 60 pog‘ona pastda bo‘lgan raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Partiya o‘rtasida pozitsion ustunlikka ega bo‘lgan Nodirbek noaniq yurishlar qilishni boshlab, 35-yurishda esa o‘ta qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi va bu xatosi raqibga to‘liq ustunlik berdi. Vahob Sanal bu ustunlikni saqlab qolgan holda 44-yurishdan so‘ng Nodirbekni taslim qildi.
Bugun 2700 dan yuqori reytingga ega bo‘lgan Sam Shankland hamda Shaxriyar Mamedyarov ham turnirni tark etdi.
Shuningdek, qolgan ikki nafar o‘zbekistonlik shaxmatchi musobaqada durang natija qayd etdi. Jumladan:
- oq donalarda o‘ynagan Javohir Sindorov (2659) avstriyalik Markus Ragger (2624) bilan;
- qora donalarda o‘ynagan Nodirbek Yoqubboyev (2640) vengriyalik Benjamin Gredura (2645) bilan durang o‘ynadi.
Endi ertaga ikkala shaxmatchi ham tay-brekda tezkor shaxmat orqali keyingi bosqich masalasini hal qilishga harakat qiladi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15