Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kontrakt narxi oshirildi
Jamiyat
−
29 iyul
9356Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kontrakt narxi oshirildi. Bu haqda oliygoh matbuot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, universitet hamda Diplomatik akademiyaning Kuzatuv kengashi 2024/2-qarori bilan 2024-2025 o‘quv yili bakalavriat va magistraturada shartnoma asosida o‘qitish to‘lov-shartnoma yangilangan miqdori tasdiqlangan.
Yangilangan to‘lov-shartnoma miqdori quyidagicha belgilandi:
- 1-bosqich talabalari uchun stipendiyasiz – 29 million 428 ming so‘m, stipendiyali – 35 million 642 ming so‘m,
- 2–4-bosqich talabalari uchun stipendiyasiz – 23 million 740 ming so‘m, stipendiyali varianti esa 31 million 814 ming so‘m etib belgilangan.
- Magistratura esa 27 million 216 ming so‘m deb belgilangan.
Ma’lumot uchun, JIDUda 3 yildan beri kontrakt narxlari oshirilmagan. 2023/2024 yillarda stipendiyasiz o‘qish narxi bakalavriat uchun umumiy – 18,9 million so‘m, magistratura uchun – 25 million so‘m etib belgilangan.
LiveBarchasi