Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kontrakt narxi oshirildi

Jamiyat

−

image

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kontrakt narxi oshirildi. Bu haqda oliygoh matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, universitet hamda Diplomatik akademiyaning Kuzatuv kengashi 2024/2-qarori bilan 2024-2025 o‘quv yili bakalavriat va magistraturada shartnoma asosida o‘qitish to‘lov-shartnoma yangilangan miqdori tasdiqlangan.

Yangilangan to‘lov-shartnoma miqdori quyidagicha belgilandi:

  • 1-bosqich talabalari uchun stipendiyasiz – 29 million 428 ming so‘m, stipendiyali – 35 million 642 ming so‘m, 
  • 2–4-bosqich talabalari uchun stipendiyasiz – 23 million 740 ming so‘m, stipendiyali varianti esa 31 million 814 ming so‘m etib belgilangan. 
  • Magistratura esa 27 million 216 ming so‘m deb belgilangan.

Ma’lumot uchun, JIDUda 3 yildan beri kontrakt narxlari oshirilmagan. 2023/2024 yillarda stipendiyasiz o‘qish narxi bakalavriat uchun umumiy – 18,9 million so‘m, magistratura uchun – 25 million so‘m etib belgilangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing