Jahon chempionlari O‘zbekistonda tantanali kutib olindi

Sport

image

Xabaringiz bor, joriy yilning 1-8 iyun kunlari Fijining Suva shahrida og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida navbatdagi jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

Ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi  a’zolari atigi ikki nafar sportchi bilan qatnashib, yakunda 6 ta oltin medalga sazovor bo‘ldi. Jahon chempionati bahslarida Adhamjon Ergashev 67 kg gacha hamda Akbar Jo‘rayev 109 kg gacha vazn toifalarida dast va siltab ko‘tarish, shuningdek, ikki kurash natijasiga ko‘ra barcha raqiblarini ortda qoldirgan holda oltin medallarni o‘z hisoblariga yozdirib qo‘ydi. E’tiborlisi, bu natija o‘zbekistonlik sportchilarga erkaklar o‘rtasida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni taqdim etdi.

Bugun, 11 iyun kuni Fiji orollarida o‘tkazilgan jahon chempionati qahramonlari Toshkentga qaytib keldi. Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida bo‘lib o‘tgan tantanali kutib olish marosimida Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Oybek Qosimov, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi Rustam Shoabdurahmonov, shuningdek mamlakat og‘ir atletika federatsiyasining vakillari, sportchilarning oila a’zolari, OAV xodimlari hamda keng sport jamoatchiligi ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan MOQ prezidenti Rustam Shoabdurahmonov sportchilarimizga o‘z tilaklarini bildirdi.

“Siz olis Fiji mamlakatida haqiqiy matonat va qahramonlik namunasini ko‘rsatdingiz. Biz sizlar bilan faxrlanamiz. Umid qilamizki, Tokio olimpiadasida ham mana shunday g‘alabalar bilan xalqimizni, sport muxlislarini va albatta, Prezidentimizni xursand qilishda davom etasiz”, dedi Rustam Shoabdurahmonov.


Maqola muallifi

Teglar

og'ir atletika

Baholaganlar

14

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing