Jahon chempioni bo‘lgan sambochilar O‘zbekistonga qaytdi

Sport

image

Sambo bo‘yicha Jahon chempionatida umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egallagan O‘zbekiston vakillari Toshkentga qaytib keldi. Bu haqda Sambo assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

10-12 noyabr kunlari Armaniston poytaxti Yerevan shahrida bo‘lib o‘tgan dunyo birinchiligida O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Qizlar o‘rtasidagi bahslarda Gulsevar O‘roqova, Ibodatxon Og‘ajonova oltin medalga ega chiqqan bo‘lsa, erkaklar o‘rtasida Furqat Ro‘ziyev kumush, Sarbon Ernazarov, Lutfilla Saydamatov va Muhammadali Sa’dullayev bronza medaliga ega chiqdi.

O‘zbekistonlik sambochilar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi. Ularni O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi rahbariyati, O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi mutasaddilari, sportchilarning yaqinlari va keng jamoatchilik qarshi oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Armaniston Sambo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing