Jahon chempionati Rossiya va Qatarda o‘tkazilishi pora bilan hal bo‘lgani iddao qilindi
Olam
−
07 aprel 2020
5148AQSH Adliya vazirligi 2018 va 2022 yillardagi futbol bo‘yicha Jahon chempionati mezbonligini Rossiya va Qatarga berish vaqtida FIFA ijro qo‘mitasi a’zolariga pora berilganini iddao qilyapti.
Ta’kidlanishicha, FIFA`ning sobiq vitse-prezidenti Trinidad va Tobagodan bo‘lgan Jek Uorner o‘z ovozini Rossiyaga berish uchun pora olgan. Shuningdek, Gvatemaladan bo‘lgan Rafael Salgeroga ham pora taklif qilingan.
JCH-2022 mezbonligini aniqlashda Braziliya futbol konfederatsiyasi Rikardo Teysheyra, Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi sobiq prezidenti Nikolas Leos pora olgani aytilmoqda. Asli paragvayli Nikolas Leos 2019 yil avgustda vafot etgan.
Jek Uorner 5 mln dollar pora olgan, Salgeroga 1 mln dollar taklif qilingan. Amerika Adliya vazirligi u bu pulni olganmi yo‘qmi, aniq ma’lumotga ega emas.
Uorner 2010 yil noyabrdan 011 yil aprelgacha 20 dan ortiq alohida o‘tkazmalardan 5 mln dollar olgan. To‘lovlar Kipr, Britaniya Virjiniyasi orollarida ochilgan soxta hisoblardan amalga oshirilgan.
2015 yilda Uorner butun umrga futbolga aloqador faoliyatlardan chetlatilgan.
Ma’lumot uchun, 2018 yilda Rossiyada o‘tgan Jahon chempionati finalida Fransiya Xorvatiya ustidan g‘alaba qozonib, musobaqaning bosh sovrinini uyiga olib ketgandi.
LiveBarchasi