Jahon chempionati pley-off turniri mezbonlari aniq bo‘ldi

Sport

image

FIFA Meksikaning Gvadalaxara va Monterrey shaharlari 2026 yilgi Jahon chempionati uchun konfederatsiyalararo pley-off turniriga mezbonlik qilishini ma’lum qildi. Bu haqda tashkilot o‘zining rasmiy sahifasida xabar berdi.

Turnir 2026 yilning 23-31 mart kunlari bo‘lib o‘tadi va unda besh konfederatsiyadan oltita terma jamoa mundialning so‘nggi ikki yo‘llanmasi uchun kurashadi. Hozirda AQSH, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida qatnashadigan 48 jamoadan 42 ta terma jamoa nomi aniq bo‘lib ulgurgan, qolgan 6 ta yo‘llanmadan 4 tasi Yevropa mintaqasi jamoalariga va yana ikkitasi qit’alararo pley-off uchun taqsimlangan. Mundialda jamoalar soni oshishi sabab, pley-off bosqichida ham tarixda ilk marta 6 ta terma jamoa ishtirokida o‘tmoqda.

Musobaqada quyidagi terma jamoalar ishtirok etadi:

  • Iroq (OFK);
  • Kongo DR (CAF);
  • Boliviya (KONMEBOL);
  • Yangi Kaledoniya (OFC);
  • Yamayka va Surinam (KONKAKAF).

Bahslar JCH–2026 final bosqichi o‘tkaziladigan ikki stadionda tashkil etiladi.

“Bu ajoyib arenalar ehtiros, drama va hayajonga to‘la turnir bo‘lishini va’da qiladi. Pley-off musobaqasi muxlislarga Kanada, Meksika va AQSHda boshlanadigan yirik futbol bayrami arafasida tarixiy o‘yinlarning bir qismi bo‘lish imkonini beradi”, deydi FIFA prezidenti Janni Infantino.

Ma’lumot uchun, pley-off turniriga qura tashlash marosimi bugun, 20 noyabr kuni Syurixdagi FIFA qarorgohida, Yevropa pley-off bosqichi qur’asi bilan bir vaqtda o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa FIFA Jahon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing