Jahon chempionati finali oldidan AQSHda kuchli suv toshqini yuz berdi

Sport

image

Ispaniya va Argentina o‘rtasidagi 2026 yilgi Jahon chempionati finali boshlanishiga bir necha soat qolganida AQSHning Nyu-York va Nyu-Jersi shtatlarida kuchli suv toshqini kuzatildi. Bu haqda “The Sun” nashri xabar berdi.

Noqulay ob-havo transport tizimi faoliyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Yo‘llarda tirbandliklar yuzaga kelib, ayrim yo‘nalishlarda harakat vaqtincha cheklandi.

Shu sababli har ikki terma jamoaning final oldidan rejalashtirilgan tayyorgarlik jarayoni ham kechikishlarga uchradi. Transportdagi muammolar futbolchilar va jamoa a’zolarining harakatlanishiga qiyinchilik tug‘dirgani xabar qilinmoqda. Bu suv toshqinlarining Jahon chempionati finaliga qay darajada ta’sir qiladi bu haqda hech qanday rasmiy munosabat bildirilmadi.

Ma’lumot uchun, Jahon chempionati final bahsi bugun, 19 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:55 da bo‘lib o‘tadi. Unda Ispaniya va Argentina terma jamoalari o‘zaro kuch sinashadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing