Jahon bo‘yicha korrupsiya reytingi e’lon qilindi. O‘zbekistonda ahvol qanday?
Bu qiziq
−
31 yanvar
28542“Transparency International” korrupsiyaga qarshi kurash tashkilotining “Korrupsiyani aniqlash” indeksida dunyo mamlakatlaridagi korrupsiya darajasi e’lon qilindi.
2023 yilda o‘tkazilgan so‘nggi tadqiqotga ko‘ra, O‘zbekiston ushbu reytingga kiritilgan 180 davlat orasida Mo‘g‘uliston bilan ayni birga – 121-o‘rinni egallagan. Bu o‘tgan yilga (126-o‘rin) qaraganda O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash biroz yaxshilanganini ko‘rsatadi.
Indeks natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston 100 balldan 33 ball to‘plagan. Ro‘yxat bo‘yicha korrupsiyadan holi eng sog‘lom davlatlar – Daniya, Finlyandiya va Yangi Zelandiya bo‘lib qolmoqda. Suriya, Venesuela va Somali esa mos ravishda 177- va 180-o‘rinlarni qayd etib, eng so‘nggi o‘rinda joylashgan.
Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari Qozog‘iston 39 ochko bilan 93, Qirg‘iziston 26 ochko bilan 141, Tojikiston 20 ochko bilan 162, Turkmaniston 18 ochko bilan 170-o‘rinni egallagan. Qolgan qardosh davlatlar Turkiya 34 ball bilan 115, Ozarbayjon 23 ball to‘plab 154-pog‘onadan joy olgan.
Shuningdek, Rossiya 141, Ukraina 104, AQSH 24, Fransiya 20, Xitoy 76, Hindiston 93, Kanada 12, Saudiya Arabistoni 53, Janubiy Koreya 32, Shimoliy Koreya esa 172-qatorda ko‘rsatilgan.
Esaltib o‘tamiz, avvalroq dunyoning eng kuchli armiyalari reytingi e’lon qilingan edi.
LiveBarchasi