Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasiga yangi rahbar tayinlandi
Jamiyat
−
02 iyul 2020
3484Marko Mantovanelli Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasining yangi rahbari etib tayinlandi. U 1 iyul kunidan boshlab rasman o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda tashkilotning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida xabar berildi.
Tayinlovga qadar, Marko Mantovanelli Jahon bankining Kosovo va Shimoliy Makedoniyadagi vakolatxonalari rahbari lavozimida ishlagan (2016−2020).
Marko Mantovanelli Boloniya Universitetidan (Italiya) xalqaro munosabatlar va siyosatshunoslik magistr darajasini, shuningdek, Jons Xopkins nomidagi universitetning Ilg‘or xalqaro tadqiqotlar maktabidan (AQSH) xalqaro iqtisodiy fanlar magistri darajasini olgan. U iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha ekspert sifatida Lotin Amerikasi, Afrika va Yevropada 20 yildan ortiq tajribaga ega.
Jahon banki tizimiga kirishdan oldin u Yevropa va AQSHda maslahat faoliyati va iqtisodiy tadqiqotlar bilan shug‘ullangan, shuningdek Italiya dengiz floti ofitseri sifatida ham xizmat qilgan. Jahon bankidagi faoliyati davomida Mantovanelli tashkilotning Vashingtondagi shtab-kvartirasida va turli mamlakatlardagi vakolatxonalarida turli lavozimlarni egallagan.