Jahon banki Ukrainaga uy-joylarni ta’mirlash uchun 232 mln dollar ajratdi
Olam
−
03 Sentabr 2023
5249Jahon banki Ukrainaga uy-joylarni favqulodda ta’mirlash uchun 232 million dollar ajratdi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.
“Odamlarning huquq va imkoniyatlarini tiklash maqsadida uy-joylarni ta’mirlash loyihasi doirasida mablag‘ ajratilmoqda. Dastur doirasida 100 mingdan ortiq oila avariyaviy ta’mirlash ishlari uchun tegishli moliyaviy yordam olishi mumkin bo‘ladi”, deyiladi xabarda.
Rejaga Ukrainaning besh viloyatida 98 mingga yaqin uy va 8 ming xonadon kiradi.
Qayd etilishicha, ayni paytda mamlakatda 1,4 million uy shikastlangan, ularda 3,5 millionga yaqin aholi istiqomat qiladi.
Bugungi kunga qadar Jahon banki Ukrainaga asosiy ehtiyojlarni qondirish uchun 37,5 milliard dollardan ortiq mablag‘ni safarbar qilgan. Bu miqdorga AQSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Norvegiya, Niderlandiya, Ispaniya, Germaniya, Kanada, Shveysariya, Shvetsiya, Daniya, Avstriya, Finlyandiya, Irlandiya, Litva, Latviya, Islandiya va Belgiya kabi donor mamlakatlarning majburiyatlari va va’dalari kiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jahon banki direktorlar kengashi Ukrainaga Yaponiya hukumati kafolati ostidagi 1,5 milliard dollarlik kreditni ma’qullagandi.
LiveBarchasi