Jahon banki Kiyevga 1,5 milliard dollar kredit ajratdi

Olam

image

Jahon banki (JB) direktorlar kengashi kecha, 29 iyun kuni Ukrainaga Yaponiya hukumati kafolati ostidagi 1,5 milliard dollarlik kreditni ma’qullashga qaror qildi. Bu haqda JB matbuot xizmati yozma bayonotida aytiladi. 

Unda qayd etilishicha, JBning Ukraina uchun 1,5 milliard dollarlik yangi krediti uning uy xo‘jaliklariga yordam ko‘rsatishga qaratilgan bo‘lib, Rossiyaning harbiy bosqini oqibatlarini ham yumshatadi.  

Moliyaviy institutning ta’kidlashicha, ushbu kredit Yaponiya hukumati kafolati ostida Ukraina uchun zarur bo‘lgan kreditni yaxshilash maqsadli jamg‘armasining (ADVANCE Ukraina) bir qismi sifatida berilgan va 2023 yilda Ukrainaning moliyaviy imkoniyatlarini qondirishga qaratilgan xalqaro yordam paketining ajralmas qismidir. 

“Bugungi kunga qadar Jahon banki Ukrainaga asosiy ehtiyojlarni qondirish uchun 37,5 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ ajratdi”, deya qo‘shimcha qilgan bank.

Mablag‘lar shuningdek, kam ta’minlanganlar, qochqinlar va ko‘chirilganlarga yordam berish, uy-joy kommunal xizmatlarini subsidiyalash va fuqarolarning pensiyalarini to‘g‘ri va samarali boshqarishni ta’minlash uchun ishlatiladi. Bundan tashqari, JB qo‘shimcha qilganidek, mablag‘lar davlat resurslarini sarflashning shaffofligi va hisobdorligini oshirishga qaratilgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, xususan, davlat xaridlari tizimini mustahkamlash va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashga qarshi kurashish uchun soliq hisobotlarini taqdim etish tizimini takomillashtirishga ajratiladi. Kredit, shuningdek, mojaro paytida va undan keyin bozorlarning yaxshi ishlashiga yordam beradi. 

Bugungi kunga qadar Jahon banki Ukrainaga asosiy ehtiyojlarni qondirish uchun 37,5 milliard dollardan ortiq mablag‘ni safarbar qilgan. Bu miqdorga AQSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Norvegiya, Niderlandiya, Ispaniya, Germaniya, Kanada, Shveysariya, Shvetsiya, Daniya, Avstriya, Finlyandiya, Irlandiya, Litva, Latviya, Islandiya va Belgiya kabi donor mamlakatlarning majburiyatlari va va’dalari kiradi. 

Jahon banki va Ukraina hukumati, hujjatda qayd etilganidek, asosiy e’tiborni mamlakat uchun ustuvor tarmoqlar, jumladan, energetika, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya, ta’lim, uy-joy qurilishi va qishloq xo‘jaligiga qaratib, asosli loyihalarni amalga oshiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon banki Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqiin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing