Jahon banki Qozog‘istonni mintaqaviy yetakchiga aylanishini bashorat qilmoqda

Olam

image

Jahon banki Qozog‘istonning mintaqadagi yetakchi mavqeini yanada mustahkamlashni kutmoqda. Bu haqda moliya tashkilotining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Tatyana Proskuryakova respublika Bosh vaziri Alixon Smailov bilan uchrashuvda ma’lum qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Jahon banki mamlakat ichida yangi loyihalarni tayyorlashni faollashtirgan, bunga 2023 yil avgust oyida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yordam bergan. Bu Vazirlar Mahkamasining olis aholi punktlarini internet tarmog‘iga ulash dasturiga ham tegishli. 

“Menimcha, bu Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari uchun juda yaxshi namuna bo‘ladi. O‘ylaymanki, Qozog‘istonning mintaqaviy yetakchi sifatidagi roli kuchayadi”, deydi Proskuryakova. 

O‘z navbatida, Smailov Jahon banki bilan 30 yildan ortiq hamkorlikda respublikada umumiy qiymati 8 milliard dollardan ortiq bo‘lgan 48 ta qo‘shma loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilganini, ayni paytda oltita faol loyiha ishlab chiqilayotganini aytgan.

“Qozog‘iston hukumati Jahon banki bilan hamkorlikni yanada chuqurlashtirish tarafdori”, deydi Vazirlar Mahkamasi rahbari. 

Muzokaralar chog‘ida iqtisodiyotni rivojlantirish, raqamlashtirishni amalga oshirish va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilingan. 

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning dekabrida Jahon banki O‘zbekistonga maxsus imtiyozli shartlar asosida 800 mln AQSH dollari miqdorida kredit ajratdi. Mazkur islohotlardan ko‘zlangan maqsad mamlakatning bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonini jadallashtirish, fuqarolarga teng iqtisodiy imkoniyatlarni ta’minlash va milliy iqtisodiyotning barqaror o‘sishi uchun mustahkam zamin yaratishdan iborat.
 


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Jahon banki

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing