“Jahannamga aylanayotgan” Kaliforniya: Tramp maxsus hujjatni imzoladi
Olam
−
23 avgust 2020
13573AQSH prezidenti Donald Tramp tabiiy ofat munosabati bilan zudlik bilan Kaliforniya shtatida maxsus rejim joriy etmoqda.
Oq uy rahbari mamlakatning ushbu qismida davom etayotgan yong‘inlarga qarshi kurash uchun federal yordam paketini ajratish to‘g‘risidagi qarorni ma’qulladi.
Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusomning so‘zlariga ko‘ra, federal yordam yong‘inlardan jabrlanganlarga ko‘maklashish, asosan uylarni qayta qurish, vaqtincha turar joy va boshqa ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatishga yo‘naltiriladi.
"Shtatda misli ko‘rilmagan olov avjiga chiqmoqda. Agar siz iqlim o‘zgarishiga ishonmasangiz, Kaliforniyaga keling ", deb yozdi Gevin Nyusom Twitter’da.
Gubernator Kaliforniya shtatida 400 ming gektar o‘rmon yerlari allaqachon yong‘in natijasida yo‘q bo‘lib ketganini ta’kidlaydi. 14 mingdan ortiq o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni 585 punktda o‘chirishga harakat qilmoqda.
Yong‘inlar oqibatida olti kishi halok bo‘ldi, 43 kishi, shu jumladan o‘t o‘chiruvchilar jarohatlandi.
Minglab odamlar uylarini tashlab qochishga majbur bo‘lmoqda.
LiveBarchasi