Jahon banki O‘zbekistonni pensiya yoshini oshirishga chaqirdi

Jamiyat

image

Jahon banki O‘zbekistonga uzoq muddatli istiqbolda pensiya yoshini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Bu haqda bankning hukumat so‘rovi asosida tayyorlangan “O‘zbekistonda inson kapitali va suv infratuzilmasiga davlat xarajatlari samaradorligini oshirish” hisobotida aytilgan.

Hisobotda O‘zbekistonda demografik o‘zgarishlar va keksalar sonining ko‘payishi pensiya tizimiga bosim o‘tkazayotgani qayd etilgan.

“Pensiya yoshidagi shaxslar sonining ko‘payishi hisobiga pensiyalarni indeksatsiya qilish oylik ish haqini indeksatsiya qilishdan orqada qolmoqda. Natijada pensiya tizimini isloh qilish zarurati paydo bo‘lgan”, deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, pensiya tizimi uchun asosiy zarba 2019 yilda amalga oshirilgan soliq islohoti bo‘lgan: moliyalashtirish manbalarining qisqarishi Pensiya jamg‘armasi daromadlarining YAIMga nisbatan kamayishiga olib kelgan.

“O‘zbekiston sobiq Sovet Ittifoqi davlatlari ichida pensiya yoshi eng past respublika. Davlatda ayollar 55 yoshdan, erkaklar 60 yoshdan pensiyaga chiqadi. 1990 yillardagi islohotlari davrida ko‘plab mamlakatlar pensiya yoshini 2-3 yilga oshirgan. 2000 yillarning ikkinchi o‘n yilligida o‘sishning ikkinchi to‘lqini boshlandi, Ukraina, Belarus, Rossiya kabi mamlakatlar uzoq vaqtdan beri kechiktirilgan pensiya yoshidagi islohotlarni boshladi”, deyilgan hisobotda. 

Shuningdek, Estoniya, Latviya, Litva va Ozarbayjonda ayollar va erkaklar uchun pensiya yoshi 65 yoshga ko‘tarilgani hisobotda keltirilgan.

Ma’lumot uchun, 2020 va 2021 yillarda Pensiya jamg‘armasi taqchilligini qoplash uchun davlat byudjetidan mablag‘lar o‘tkazish yalpi ichki mahsulotga nisbatan mos ravishda 1,5 va 2 foizni tashkil etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon banki pensiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing