Jahongir Otajonovga sud hukmi o‘qildi

Madaniyat-san’at

image

Avvalroq, Toshkent IIBB Jahongir Otajonovning Ichki ishlar xodimlarini haqorat qilgani bo‘yicha yig‘ilgan materiallarni sudga oshirgani haqida xabar bergan edik.

Joriy yilning 26 iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida sudya Temurjon Yusupov raisligida Jahongir Otajonovga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik ishi ko‘rib chiqildi.

Ish hujjatlariga ko‘ra, Jahongir Otajonov joriy yilning 27 iyun kuni Shayxontohur tuman hududida ijtimoiy tarmoq orqali Toshkent shahar IIBB YHXB xodimi Sh.Sayfuddinov va boshqa IIO FMB xodimlarini har xil sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi so‘zlar bilan haqorat qilganligi yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Sud majlisida huquqbuzar Jahongir Otajonov o‘z ko‘rsatmasida, o‘ziga qo‘yilgan ayblovni tan olib, suddan yengillik berishni so‘ragan.

“Haqiqatdan ham, 2021 yil 27 iyun kuni Toshkent shahar, Shayxontohur tuman hududida ijtimoiy tarmoq orqali Toshkent shahar IIBB YHXB xodimi Sh.Sayfuddinov va boshqa IIO FMB xodimlarini har xil sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi so‘zlar bilan haqorat qilganman. Hozirda aybimga to‘liq iqrorman, qilgan ishimdan pushaymonman. O‘zimga tegishli xulosa qildim”, degan Otajonov.

Sud huquqbuzar Jahongir Otajonovning harakatlariga huquqiy baho berib, uning harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 41-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud deb topgan.

Sud Jahongir Otajonovga ma’muriy jazo tayinlashda, ish hujjatlari bilan tanishib, huquqbuzarning ko‘rsatmalarini tinglab, uning shaxsini, aybiga iqrorligini va pushaymonligini, o‘ziga tegishli xulosa chiqarganligini inobatga olib, uni MJtKning 21-moddasiga asosan javobgarlikdan ozod qilib, ogohlantirish bilan kifoyalanishni lozim topgan.


Maqola muallifi

Teglar

Jahongir Otajonov

Baholaganlar

7349

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing