Jeenbekov va To‘qayev Jambildagi mojaro haqida gaplashib oldilar

Jamiyat

image
Mojarodan so‘ng 24 mingdan ortiq qozog‘istonliklar Qirg‘izistonga ketdi north_east

Mojarodan so‘ng 24 mingdan ortiq qozog‘istonliklar Qirg‘izistonga ketdi

Kecha, 10 fevral kuni Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev telefon orqali muloqot qildilar. 

Sooronbay Jeenbekov Qosim-Jomart To‘qayev bilan Qozog‘istonning Korday viloyatidagi vaziyatni muhokama qilib, Prezident To‘qayevga hamdardlik bildirgan. 

Sooronbay Jeenbekov Qirg‘iziston xalqi nomidan Korday viloyatida ro‘y bergan voqealar oqibatida halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya izhor etgan va jabrlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishlarini tilagan. 

“Qirg‘iziston qiyin paytlarda qardosh qozoq xalqiga yordam berib kelgan va yordam beradi”, degan Sooronbay Jeenbekov.  

Qozog‘iston Prezidenti Sooronbay Jeenbekovga qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik izhor etib, ikki davlatning yaxshi qo‘shnichilik, sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlikning muhim omili ekanini ta’kidlagan.

Davlat rahbarlari ikki tomonlama kun tartibidagi istiqbolli masalalarni ham muhokama qilganlar. 

Eslatib o‘tamiz, 7 fevral kuni Jambil viloyati Korday tumani Masancha qishlog‘ida ommaviy mushtlashuv boshlangan. Tartibsizliklar oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, 40 kishi jarohat oldi. Politsiya 50 kishini qo‘lga oldi.

O‘t qo‘yish oqibatida 30 ta uy, 15 ta do‘kon va 23 dona avtomashiga zarar yetkazildi.  Voqea joyida hukumat komissiyasi tekshiruv ishlarini olib bormoqda.

Tartibsizliklar vaqtida 47 kishi hibsga olingan.

Voqealardan so‘ng, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Jambil viloyati hokimi Asqar Mirzaxmetovni ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Sooronbay Jeenbekov Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

39

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing