Jeenbekov va Medvedev uchrashuv o‘tkazdi

Olam

image

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronboy Jeenbekov bugun, 9 avgust kuni Issiqko‘l viloyati Cholpon-ota shahrida Yovrosiyo hukumatlararo kengashining majlisida ishtirok etish uchun Qirg‘izistonga kelgan Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Dmitriy Medvedev bilan uchrashdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Prezident Sooronboy Jeenbekov muloqot avvalida o‘zi ham Bosh vazir bo‘lgan davrda Medvedev bilan olib borgan samimiy uchrashuvlarini eslagan. 

“Men sizning qo‘llab-quvvatlashingizni doimo his qilib kelaman. Qirg‘izistonda savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shgan haqiqiy do‘st sifatida tanilgansiz. Biz sizni Qirg‘izistonga doimo o‘zgacha munosabatda bo‘lgan yaqin do‘st deb bilamiz”,  deya ta’kidladi Sooronboy Jeenbekov. 

U Vladimir Putinning shu yil mart oyida Qirg‘izistonga davlat tashrifi muvaffaqiyatli bo‘lganini ta’kidlab, Qirg‘iziston-Rossiya hamkorligi tobora rivojlanib borayotgani va muayyan tarkib bilan boyitilganini tasdiqladi. 

O‘z navbatida Rossiya Federatsiyasi Hukumatining raisi Dmitriy Medvedev Qirg‘izistonga, uning gavhari bo‘lgan Issiqko‘lga yana bir bor tashrif buyurganidan mamnun bo‘lganini qayd etdi.

“Men bu yerda avval ham bo‘lganman va har safar bu joyning go‘zalligiga qoyil qolaman. Yovrosiyo hukumatlararo kengashining majlisini o‘tkazish va ikki tomonlama munosabatlarimizni muhokama qilish uchun bu yerda juda yaxshi sharoit yaratilgan.

Bizning munosabatlarimiz juda samimiy ruhda va turli masalalarda maslahatlasha olamiz. Bor imkoniyatimiz bilan do‘stimiz va hamkorimiz Qirg‘izistonga yordam berishga, qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz. Ishonchingiz komil bo‘lsinki, bu keyinchalik ham shunday davom etadi”, deya ishontirdi Dmitriy Medvedev. 

U Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning salomini Sooronboy Jeenbekovga etkazdi.

“Ishonchim komilki, bugungi uchrashuv mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng qamrovli sheriklik aloqalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ikki va ko‘p tomonlama formatlarda muhokama qilinadigan masalalar doim bo‘lgan. Issiqko‘lning ajoyib muhiti bunga har jihatdan hissa qo‘shadi deb umid qilaman ”, dedi Dmitriy Medvedev. 

Sooronboy Jeenbekov va Dmitriy Medvedev savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollarini, Vladimir Putinning Qirg‘izistonga davlat tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishini muhokama qilganlar.


Maqola muallifi

Teglar

Dmitriy Medvedev Sooronboy Jeenbekov

Baholaganlar

47

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing