Jeenbekov karantin qoidalarini buzgan vazirlarni qattiq ogohlantirdi

Olam

image
Qirg‘iziston parlamenti xodimida koronavirus aniqlandi north_east

Qirg‘iziston parlamenti xodimida koronavirus aniqlandi

Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov respublika hukumati a’zolaridan niqob rejimi va koronavirusning xavfsiz masofasiga rioya qilmaganlik uchun jarima to‘lashni talab qildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Hukumat a’zolari niqob rejimiga va ijtimoiy masofaga rioya qilishning barcha talablarini buzgan holda suratga tushishadi, quchoqlashishadi. Ularning barchasi jarimani to‘lashlari kerak", dedi Jeenbekov Qirg‘iziston Xavfsizlik Kengashining COVID-19 bilan bog‘liq yig‘ilishida.

Gap Qirg‘iziston Bosh vaziri lavozimiga Kubatbek Boronov tayinlanganidan keyin vazirlar va hukumat apparati xodimlarining birgalikda tushgan fotosurati haqida bormoqda. Boronov 17 iyun kuni Qirg‘iziston hukumatiga rahbar lavozimiga tayinlangan edi.

"Hukumat a’zolarining ijtimoiy masofani saqlamay va niqoblarni taqmagan holda tushgan fotosurati butun mamlakat bo‘ylab tarqalib ketdi. Bunday harakatlar bizning koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashdagi barcha harakatlarimizni bekor qiladi. Hukumatning oddiy xodimlariga nisbatan tegishli choralar ko‘rilmasligi kerak. Menimcha, ular rahbarlari nimani buyursa, shuni qiladi", dedi Jeenbekov.

Qirg‘iziston qonunlariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi sabab e’lon qilingan favqulodda vaziyat paytida jamoat joylarida niqobsiz yurish jismoniy shaxslar uchun 1 ming som (12 dollar), yuridik shaxslar uchun 5 ming som (60 dollar) jarima solishga olib keladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonda 2789 ta koronavirus infeksiyasi holati qayd etilgan. 32 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 1961 nafar bemor ushbu infeksiyadan sog‘aygan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Qirg'izistonda

Baholaganlar

25

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing