30 iyul Qirg‘izistonda motam kuni deb e’lon qilindi

Olam

image

Joriy yilning 30 iyul kuni Qirg‘izistonda koronavirusdan vafot etganlarni xotirlash maqsadida motam kuni deb e’lon qilindi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Sooronbay Jeenbekov “Birinchi radio”ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Vaqtidan avval gapirishni istamagandim, ammo shu mavzuga to‘xtalgan ekanmiz, ma’lumot berish kerak deb hisoblayman. 31 iyul kuni biz Qurbon hayitni nishonlaymiz. 30 iyul esa butun mamlakat bo‘ylab motam kuni deb e’lon qilinadi. Tegishli farmon qabul qilinadi”, degan Prezident.

Ma’lumot uchun, Qirg‘izistonda pandemiya boshlangandan beri 1 249 kishi vafot etdi. Koronavirusga chalinganlar 32 124 nafarga yetdi. 19 mingdan ortiq bemor sog‘aydi.

Qirg‘izistonda epidemiologik vaziyat iyun oyi oxirida yomonlashdi. O‘shanda kuniga 500-700 kishida virus aniqlana boshladi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Qirg'izistonda

Baholaganlar

473

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing