Qirg‘izistonda shifoxonaning 50 xodimi koronavirusga chalindi. Bemorlar yolg‘iz qoldi (video)

Olam

Qirg‘izistonning Chu viloyatidagi bir shifoxonada 50 nafar tibbiyot xodimi koronavirusga chalindi. Bu haqda “Tuz.kg” xabar berdi.

Chu viloyati Issiq-Otin tumanidagi Kant shifoxonasida davolanayotgan bemor tibbiyot xodimlaridan bo‘shab qolgan yo‘lak va xonalar aks etgan videoni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan. Ammo palatalar koronavirus va zotiljamga chalingan bemorlar bilan to‘la.

“Deyarli bir sutkadan beri shifoxonada hech kim yo‘q. Bemorlar shunchaki yotibdi. Bizga hech nima aytishmadi. Shifokor va hamshiralarsiz bo‘sh shifoxona. Davolanish to‘xtab qoldi. Hech kim javob bermayapti”, degan video muallifi.

Ammo tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, shifoxona personalining 80 nafaridan 50 nafari koronavirusga chalingan. Qolganlar esa butkul charchab qolgan. Bu shifokor va hamshiralar uchun o‘rin almashashi degan narsa qolmagan.

Ma’lumot uchun, Qirg‘izistonda 11 444 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 3 538 nafari sog‘aygan va 149 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Qirg'izistonda

Baholaganlar

323

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing