Jeenbekov g‘alaba paradida ishtirok etmadi. Unga yaqin ikki kishida koronavirus aniqlandi
Olam
−
24 iyun 2020
8296Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgangan g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan G‘alaba paradi bo‘lib o‘tmoqda. Unda sobiq Sovet ittifoqi mamlakatlaridan Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronboy Jeenbekov ham ishtirok etishi rejalashtirilgan edi.
Davlat rahbari o‘tirgan samolyot kecha, 23 iyun kuni Moskva xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi. Biroq, mamlakat rahbari delegatsiyasi a’zolari orasidan ikki kishida koronavirus aniqlangani bois, Jeenbekov protokolga muvofiq davlat rahbarlari ishtirokidagi G‘alaba paradida qatnashmadi.
Qayd etilishicha, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti devoni tashqi siyosat bo‘limi boshlig‘i Daniyar Sidiqov va bir nafar xavfsizlik xizmati xodimida koronavirus aniqlangan.
Holat bo‘yicha Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati rasmiy bayonot bergani yo‘q.
LiveBarchasi