Jeenbekov Atamboyev masalasini Xavfsizlik kengashida muhokama qildi

Olam

image

Bugun, 8 avgust kuni Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov Xavfsizlik kengashi yig‘ilishini o‘tkazdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Jeenbekov Almazbek Atamboyev qonun doirasidagi tergov tadbirlarini o‘tkazishga qarshilik ko‘rsatib, Qirg‘iziston Konstitutsiyasi va qonunlarini qo‘pol tarzda buzganini ta’kidladi.

Sooronbay Jeenbekov Qirg‘iziston huquqiy davlat ekanini qayd etgan. Davlatning vazifasi - barcha fuqarolar tomonidan qonun talablariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash.

Qirg‘iziston Prezidenti xavfsizlik kengashi a’zolariga murojaat qilib, mamlakatda qonun ustuvorligi, tinchlik va xavfsizlikni saqlash uchun barcha choralarni ko‘rish zarurligini, shu sababli shoshilinch choralar ko‘rish kerakligini ta’kidladi.

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Orozbek Opumbayev, ichki ishlar vaziri Qashqar Junushaliyev, bosh prokuror Otkurbek Jamshitov vaziyat yuzasidan ma’lumot berishdi.

Majlis yakunlari bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.

Avvalroq, Qirg‘izistonning Qo‘y-Tosh qishlog‘ida mamlakatning sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyevni qo‘lga olish bo‘yicha maxsus operatsiya boshlangani haqida xabar bergan edik.

Atamboyevning qarorgohi shturmi vaqtida 48 kishi jabrlangan, maxsus xizmatlarning bir jangchisi halok bo‘lgan. Shuningdek, viloyat militsiyasi rahbari bosh miya-chanoq jarohati olib, komaga tushgan. Operatsiyada kerakli natijaga erishilmagan, Atamboyev ozodlikda qolyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Sooronbay Jeenbekov Almazbek Atamboev

Baholaganlar

130

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing