Zelenskiyning talabi bilan Adliya vaziri ishdan olindi

Olam

image

Bugun, 19 noyabr kuni Ukraina Oliy Radasi Adliya vazirligi rahbari German Galushenkoni lavozimidan bo‘shatish uchun ovoz berdi. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib, RBK-Ukraina xabar berdi.

Uning iste’fosini qo‘llab-quvvatlab 323 deputat ovoz bergani aytilmoqda. Ma’lum qilinishicha, bundan avval Galushenko vazir sifatidagi majburiyatlarini bajarishdan chetlashtirilgan.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina Adliya vaziri vazifalarini vaqtincha Adliya vazirining Yevropa integratsiyasi bo‘yicha o‘rinbosari Lyudmila Sugak bajaradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Milliy korrupsiyaga qarshi byurosi va Maxsus korrupsiyaga qarshi prokuratura davlat kompaniyasi hisoblanuvchi “Energoatom”dagi keng ko‘lamli korrupsiya sxemasini fosh etganini ma’lum qilgandi.

Joriy yilning 10 noyabr kuni huquq-tartibot organlari Galushenko va tadbirkor Timur Mindichning uylarida, shuningdek, “Energoatom”da tintuv o‘tkazgan. Buning ortidan Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Adliya vaziri German Galushenko va Energetika vaziri Svetlana Grinchuk iste’fosini talab qilgan. Unga ko‘ra, Galushenko va Grinchuk o‘z lavozimlarida qolishi mumkin emas. Shuningdek, qator OAVlarda Prezident Vladimir Zelenskiy ham biznesmen Timur Mindichga oid tergovda, korrupsiya sxemalari bo‘yicha ishda tilga olinayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan. 


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya German Galushenko Timur Mindich

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing