Zelenskiyning sobiq hamkasbi vafot etdi

Olam

image

Ukrainalik mashhur teleboshlovchi Ruslana Pisanka Germaniyada 56 yoshida vafot etdi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Qayd etilishicha, Pisanka Ukrainada urush boshlanganidan keyin Germaniyaga jo‘nab ketgan. O‘limiga uzoq davom etgan og‘ir kasallik sabab bo‘lgan.

Ruslana Pisanka 1965 yil 17 noyabrda Kiyevda tug‘ilgan va 1995 yilda Kiyev davlat madaniyat institutining rejissyorlik bo‘limini tamomlagan. 

Ruslana Pisanka — ukrainalik aktrisa va teleboshlovchi. “Jenskiy klub”, “Tansi so zvezdami” teleloyihalari va boshqa ko‘plab dasturlarda ishtirok etgan. 

2008 yilda u amaldagi Prezident Vladimir Zelenskiy bilan birgalikda Inter telekanalida “Slujebniy romans” realiti-shousini olib borgan. Rossiya, Ukraina, Polsha va Gollandiyada suratga olingan bir qancha filmlarda rol ijro etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Zelenskiy Ruslana Pisanka

Baholaganlar

838

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing