Zelenskiyning birinchi yordamchisiga suiqasd uyushtirildi
Olam
−
22 Sentabr 2021
7813Kiyevda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning birinchi yordamchisi Sergey Shefirning mashinasi o‘qqa tutildi, buning oqibatida mashina haydovchisi jarohat oldi. Bu haqda “Interfaks” nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, hodisa bugun, 22 sentyabr kuni soat taxminan 10:00 da sodir bo‘lgan. Hozirda voqea joyida politsiya tergov guruhi ishlamoqda.
Xabarga ko‘ra, parlamentning milliy xavfsizlik, mudofaa va razvedka qo‘mitasi boshlig‘ining o‘rinbosari Maryana Bezuglaya Shefirni o‘ldirishga urinish bo‘lganini tasdiqlagan.
Maryana Bezuglayaning ma’lum qilishicha, mashina haydovchisi uchta o‘qdan jarohatlangan.
Huquq-tartibot idoralariga ko‘ra , mashinaning o‘ziga jami 12 ta o‘q otilgan.
Shuningdek, Ukraina Ichki ishlar vazirining maslahatchisi Anton Gerashenko Facebook'dagi sahifasida mashina harakatlanib ketayotgan vaqtda o‘rmon hududidan avtomatdan o‘q otilganini yozgan.
LiveBarchasi